Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Olima ayollar dolzarb mavzu yuzasidan muloqot qildi

13 Fevral 2026, 17:38

88

IIV akademiyasida ayollar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimizning mahallalarda xavfsiz muhit yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qarori asosida tashkil etilgan tadbirda huquqshunos olimlar, yosh tadqiqotchilar hamda kursantlar qatnashdi.

Davra suhbatida oila-turmush munosabatlari doirasida hamda ayollar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar, ularning asl omillari, oldini olish choralari muhokama qilindi. Dolzarb mavzu yuzasidan yuridik fanlar doktori, professor Mavjuda Rajabova, siyosiy fanlar doktori (DSc), professor Nasiba Turg‘unova, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Dilnoza To‘rayeva va boshqalar so‘zga chiqdi.

Oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilish, ular o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyat sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, bu boradagi mexanizmlar va huquqiy normalarni takomillashtirishga qaratilgan fikr-mulohazalar bildirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech