Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Ombudsman instituti vakillari bilan uchrashuv

30 Aprel 2026, 21:19

53

IIV akademiyasida Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakillari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Jazoni ijro etish faoliyati kafedrasi tomonidan tashkil qilingan tadbirda inson huquq va erkinliklarini ta’minlashda Ombudsman institutining o‘rni va ahamiyati haqida so‘z bordi.

So‘zga chiqqanlar mamlakatimizda inson qadri yo‘lida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, Ombudsman institutining vazifalari va vakolatlari, inson huquqlarini himoya qilish borasida yo‘lga qo‘yilgan samarali mexanizmlar, huquqni qo‘llash amaliyotida qiynoqlarga barham berish va mahkumlar huquqlarini ta’minlash masalalariga atroflicha to‘xtaldi.

Keyingi yillarda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatini ta’minlash davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylangani, bu boradagi o‘zgarishlar xalqaro miqyosda e’tirof etilayotgani, ichki ishlar organlarini xalqchil tuzilma sifatida shakllantirish islohotlar natijadorligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlab o‘tildi.

Uchrashuv davomida kursantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelgusi xizmat faoliyatlari uchun zarur bo‘lgan amaliy tavsiyalar tingladilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech