Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

O‘zbekiston xalq shoiri yoshlarga kitob ulashdi

5 Iyun 2026, 19:12

82

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda Yozuvchilar uyushmasi vakillari, ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari, adabiyot va she’riyatga ixlosmand kursantlar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida atoqli shoir “Armiya va tarbiya” kitobini taqdimot qildi. Ona Vatanimizga muhabbat va sadoqat bilan yashash, uning tinchligi va osoyishtaligiga hissa qo‘shish, yurt ravnaqi yo‘lida yurak amri bilan xizmat qilish har bir insonning ma’naviy burchi ekanligini ta’kidladi. Ushbu she’riy to‘plam yoshlarning vatanparvarlik fazilatlarini yuksaltirishda mo‘jazgina manba bo‘lib xizmat qilishini aytib o‘tdi.

Uchrashuv davomida yig‘ilganlar shoirning hayoti va ijodi haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Insoniy tuyg‘ularni tarannum etgan she’rlaridan bahra olishdi. Kursantlar so‘zga chiqib, o‘z ijod namunalaridan aytib berdilar. Tadbir yakunida Sirojiddin Sayyid akademiya axborot-resurs markaziga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan chop etilgan kitoblar to‘plamini sovg‘a qildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech