Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Qaror ijrosi izchil ta’minlanmoqda

12 Iyun 2026, 22:41

185

Mahallalarda xavfsiz muhit yaratish, aholi muammolarini o‘z vaqtida hal qilish, huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etish bugun eng ustuvor vazifaga aylangan.

IIV akademiyasi boshlig‘i Rustam Xatamov davlatimiz rahbarining “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida poytaxtimizning Sergeli tumanidagi “Bunyodobod” “Habibiy” va “O‘zgarish” mahallalarida bo‘ldi.

Manzilli o‘rganishlar davomida mahallalarning kriminogen vaziyati, huquqbuzarlik va jinoyatlarning asl omillari, ularni bartaraf etish borasida qilinayotgan ishlar, hududlarga biriktirilgan ishchi guruhlar faoliyati va o‘tgan 5 oy mobaynida erishilgan natijalar muhokama qilindi.

Akademiya boshlig‘i “jinoyat o‘choq”lariga barham berish, hududlarni xavfsizlik tizimlari bilan ta’minlash, aholi o‘rtasida ijtimoiy profilaktikani tashkil etish, oilalardagi muammolarni o‘rganish, mahallalarda xavfsiz ko‘cha va uylarni tashkil etish yuzasidan mas’ullarning axborotini tingladi. “Mahalla yettiligi” vakillariga biriktirilgan alohida toifadagi shaxslarning ijtimoiy-maishiy holatiga e’tibor qaratdi.

Uchrashuvlar chog‘ida joylardagi muammolar atroflicha tahlil qilindi. Har bir xonadondagi muhitni o‘rganish, aholining bandlik darajasini oshirish, hududlarni texnik va jismoniy qo‘riqlovga olishni jadallashtirish, jinoyatchilikni kamaytirish orqali kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish zarurligi aytildi.

Bundan tashqari, ikkinchi chorak uchun mo‘ljallangan “yo‘l xarita”lar ijrosini ta’minlash, “ilmiy xulosa – tavsiya – natija” tamoyili asosida o‘rganishlar natijadorligini oshirish, manzilli profilaktik ishlarni kuchaytirish borasida topshiriqlar berildi.

O‘rganishlar yakunida “poytaxt” tajribasi asosida xavfsiz muhitni shakllantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar bildirildi. Akademiya boshlig‘i jinoyatchilikni jilovlashda “mahalla yettiligi” bilan birga, fuqarolarning mas’uliyatini oshirish zarurligini qayd etib, ustuvor yo‘nalishlarni belgilab berdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech