IIV akademiyasida Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Qustanoy akademiyasi bilan hamkorlikda onlayn mashg‘ulot tashkil etildi.
Unda kunduzgi ta’limning 1 va 2-kurs kursantlari, ixtisoslik kafedralari professor-o‘qituvchilari hamda sirtqi ta’limda o‘qiyotgan jazoni ijro etish muassasalari xodimlari qatnashdi.
Ikki tomonlama hamkorlik memorandumi asosida tashkil qilingan mashg‘ulotda diniy radikal va ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushib qolgan mahkumlar bilan ishlash, tarbiyaviy va profilaktik tadbirlarni olib borish, ularga psixologik yordam ko‘rsatish, ularning ijtimoiy moslashuvini ta’minlash masalalari yoritildi.
Mashg‘ulot yakunida mahkumlarni axloqan tuzatish, ularga qonunga itoatkorlik ruhini singdirish, tuzalish yo‘liga o‘tmaganlar bilan ishlash borasida yo‘lga qo‘yilgan ilg‘or tajribalar tahlil qilinib, tizim faoliyatini takomillashtirish yuzasidan mulohazalar bildirildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati