Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Rahbar kompetensiyalari – samarali boshqaruv asosi

14 Aprel 2026, 20:10

81

IIV akademiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahri va viloyati IIBB hamda viloyat IIBlarining Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hamda Probatsiya xizmati boshliqlari uchun qisqa muddatli o‘quv yig‘ini tashkil qilindi.

O‘quv yig‘inidan ko‘zlangan maqsad rahbar kadrlarning boshqaruv salohiyatini oshirish, tizim faoliyatiga strategik yondashuvlarni joriy etish, hududlardagi ilg‘or tajribalar bo‘yicha o‘zaro tadriba almashishdir.

Mashg‘ulotlar Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi vakillari, Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlari mas’ullari, Kriminologiya tadqiqot instituti hamda IIV akademiyasi professor-o‘qituvchilari, shuningdek tajribali mutaxassislar tomonidan olib borilmoqda.

Tinglovchilar aholi muammolarini manzilli hal etish, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, kriminogen xavf-xatarlarni baholash, media va jamoatchilik bilan ishlash, narko va kiberjinoyatlarga qarshi samarali kurashish, tizimda korrupsiyaning oldini olish, murojaatlar va jinoyatga oid xabarlar bilan ishlash hamda boshqa yo‘nalishlarda rahbarlar oldida turgan dolzarb vazifalar yuzasidan bilim va ko‘nikmalarini oshirmoqda.

Bundan tashqari, o‘quv yig‘ini davomida ular xavfsiz muhitni shakllantirish bo‘yicha poytaxtimizning Chilonzor tumanida amalga oshirilayotgan keng qamrovli chora-tadbirlar bilan tanishib, ilg‘or amaliyotlarni o‘rganadilar. Mashg‘ulotlar yakunida tinglovchilardan yakuniy sinov imtihonlarini qabul qilish ko‘zda tutilgan.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech