Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Raqamlashtirish jarayonlari taqdimot qilindi

1 May 2026, 22:13

73

Bugungi kunda ichki ishlar organlari tizimida raqamlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada ayniqsa poytaxtimizda samarali yondashuvlar tatbiq qilingan.

IIV akademiyasida bo‘lib o‘tgan taqdimot jarayonida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Ravshan Sultanxodjayev mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan keng qamrovli chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi.

Sohaviy xizmatlar, tuman ichki ishlar organlari rahbarlari, fakultet va kafedralar boshliqlari, magistratura tinglovchilari ishtirok etgan tadbirda raqamlashtirishda erishilayotgan natijalar hamda kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar tahlil qilindi.

Ta’kidlab o‘tilganidek, raqamli yechimlar davlat organlari faoliyatining muhim mezoniga aylanib bormoqda. Bu borada ichki ishlar tizimida ham salmoqli ishlar qilinmoqda. Innovatsion tizimlarning yo‘lga qo‘yilgani boshqaruv samaradorligini oshirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, ehtimoliy korrupsiya holatlariga barham berishga xizmat qilmoqda. Ayniqsa aholi murojaatlari bilan ishlash, jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, kriminogen vaziyatni prognoz qilish, tezkor qidiruv va tergov tadbirlari sifatini oshirishda raqamli platformalar imkoniyatlari kengayib bormoqda.

Tadbirda raqamlashtirish istiqbollari aniq raqamlar va statistik ma’lumotlar orqali tushuntirib o‘tildi. Xavfsiz muhitni shakllantirish maqsadida hududlarga joriy qilinayotgan tajribalar, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida belgilab olingan vazifalar, mazkur yo‘nalishda yechimini kutayotgan masalalar muhokama qilindi. Boshqaruvni raqamlashtirishning afzalliklari borasida magistratura tinglovchilariga tavsiyalar berildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech