Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Saf ko‘rigi intizomni mustahkamlaydi

23 Fevral 2026, 21:02

74

IIV akademiyasida safdor, serjant va ofitserlar tarkibi xodimlari uchun saf ko‘rigi o‘tkazildi. 

Toshkent shahar gornizoni buyrug‘i asosida o‘tkazilgan ko‘rik davomida shaxsiy tarkibning kundalik xizmat kiyimi, hujjatlari va anjomlarining belgilangan talablarga muvofiqligi tekshirildi.

Kadrlar bo‘limi mas’ullari tomonidan aniqlangan kamchiliklar yuzasidan xodimlar va ularning bevosita rahbarlariga tavsiyalar berildi. Shuningdek shaxsiy tarkib a’zolariga Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi talablariga qat’iy rioya qilish, shaylikni oshirish borasida ko‘rsatma berildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech