Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Sara hikoyalar o‘zbek tilida

11 Iyun 2026, 21:45

270

Yurtimizda yoshlarning o‘z iqtidor va salohiyatini to‘laqonli yuzaga chiqarishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgan.

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlari tomonidan tayyorlangan yangi to‘plam ham fikrimizga yorqin misol bo‘la oladi. Unda jahon adabiyoti namunalarining o‘zbek tilidagi tarjimalari o‘rin olgan.

Kitob taqdimotiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda Xorijiy tillar markazi vakillari, iqtidorli kursantlar, yosh tadqiqotchilar, O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari qatnashdi.

So‘zga chiqqanlar ijodiy jamoa faoliyati, tarjima jarayonlari, hikoyalarning g‘oyaviy ahamiyatiga to‘xtalib, to‘plam jahon adabiyotiga qiziquvchi muxlislarga munosib tuhfa bo‘lishi, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni yanada ommalashtirishga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tishdi.

Aytish joizki, to‘plamdan Edgar Allan Po, Oskar Uayld, O’Genri, Mark Tven, Gi de Mopassan, Hans Kristian Andersen kabi dunyoga mashhur adiblarning kichik-kichik hikoyalari o‘rin olgan. Ijodiy jarayonda adabiy tarjima qoidalari, so‘z tanlash mahorati va boshqa muhim jihatlarga imkon qadar alohida e’tibor qaratilgan.

Taqdimotda yangi kitob ilk qadam bo‘lgani, kelgusida xorijiy tillarni biluvchi iqtidorli yoshlar bilan birgalikda ko‘plab loyihalar rejalashtirilganini aytib o‘tildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech