Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Shaxmatchilarimiz ikkinchi o‘rinni egalladi

05 Aprel 2024, 10:04

550

Harbiy va harbiylashtirilgan oliy ta’lim muassasalari kursantlari shaxmat bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

 Davlat xavfsizligi xizmati akademiyasida o‘tkazilgan musobaqada Qurolli Kuchlar, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari akademiyalari, Bojxona instituti, Jamoat xavfsizligi universiteti hamda mezbon jamoa vakillari qatnashdi.

Bellashuvlar FIDE qoidalariga binoan tashkil qilindi. Yosh shaxmat ustalari o‘z jamoalari sharafini munosib himoya qilishga harakat qilishdi. Qizg‘in ruhda o‘tgan musobaqa yakunida mezbonlar birinchi, akademiyamiz kursantlari ikkinchi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi yoshlari esa uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

G‘olib va sovrindorlar musobaqa tashkilotchilarining diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech