Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Sovrindorlar safidan joy oldik

29 Sentyabr 2026, 15:26

92

Poytaxtimizda oliy ta’lim muassasalari talaba va kursant yoshlari ishtirokida sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir yoshlarni sportga keng jalb etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng ommalashtirish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida tashkil qilindi.

Unda Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Bojxona instituti, shuningdek Toshkent davlat transport universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda boshqa o‘quv muassasalari vakillari voleybol, estafeta yugurish, minifutbol va arqon tortish bo‘yicha bellashdi.

Qizg‘in kurashlarga boy o‘tgan musobaqaning voleybol va arqon tortish bahslari Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlari uchun omadli kechdi. Raqib jamoalarga qarshi shiddatli kurashgan vakillarimiz har ikki yo‘nalishda faxrli uchinchi o‘rinni egallab, yakunda shohsupadan joy olishdi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilarning diplom, medal hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech