Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Sud-huquq tizimi vakillari uchun

16 Mart 2026, 18:21

57

12-13-mart kunlari Olmaliq shahrida “Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzuida navbatdagi o‘quv kursi tashkil qilindi.

Inson huquqlari milliy markazi tashabbusi bilan o‘tkazilgan mashg‘ulotlarga ichki ishlar, prokuratura va sud organlari vakillari jalb etildi.

Tinglovchilar qiynoqqa solish, asossiz ushlab turish va qamoqqa olishga qarshi xalqaro standartlar, Nelson Mandela qoidalari va aybsizlik prezumpsiyasining mazmun-mohiyati, huquqni qo‘llash amaliyotida inson huquqlarini ta’minlash, qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq, shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlari uchun belgilangan javobgarlik, bu borada xalqaro amaliyot va milliy tajribaning o‘ziga xos jihatlari yuzasidan ma’ruzalar tingladilar.

Nazariy va amaliy mashg‘ulotlar sudyalar, Inson huquqilari milliy markazi mutaxassislari, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Davlat va huquq instituti, IIV akademiyasi hamda Malaka oshirish instituti vakillari tomonidan o‘tkazildi. Yakunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan 65 nafar tinglovchiga sertifikatlar topshirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech