Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Sun’iy intellekt va yuridik ta’lim

25 Noyabr 2026, 21:06

76

IIV akademiyasida “Sun’iy intellekt texnologiyalari şaroitida xorijiy kadrlarni tayyorlaşda yuridik ta’limni takomillaştirişning zamonaviy tendensiyalari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi.

Xorijiy kadrlar bilan işlaş fakulteti tomonidan ötkazilgan anjumanda ta’lim jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalarini samarali tatbiq etiş, bu borada zamonaviy tendensiyalar va ilğor xorijiy tajribalar tahlil qilindi.

Tadbirda Davlat-huquqiy fanlar va inson huquqlarini ta’minlaş kafedrasi professori K. Djavakova, Xizmat psixologiyasi va kasbiy madaniyati kafedrasi öqituvçisi R. Koveyev, Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi vakili G. Nurova sözga çiqib, “Içki işlar organlari kursantlari ta’limida sun’iy intellekt”, “Ta’lim tizimiga sun’iy intellektni integrasiya qilişning ijtimoiy, huquqiy va etik oqibatlari”, “Kursantlarni kasbiy tayyorlaşda sun’iy intellektdan foydalanişning psixologik jihatlari: imkoniyat va xatarlar” mavzuyida ma’ruza qildi.

Anjumanda kursantlar ham faol qatnaşib, öquv jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanişning afzalliklari, yoşlarda mustaqil fikrlaş, tahliliy qobiliyat va kasbiy moslaşuvçanlikni şakllantirişda raqamli texnologiyalarning ijobiy ham salbiy jihatlari haqida öz mulohazalari bilan örtoqlaşdilar.

Tadbir professor-öqituvçilar va kursantlarning raqamli savodxonligini oşiriş, ta’lim jarayonida sun’iy intellektdan foydalaniş madaniyatini yuksaltiriş, turdoş oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy aloqalarni mustahkamlaş hamda öquv jarayoniga innovasion pedagogik texnologiyalarni xavfsiz va samarali tatbiq etiş böyiça yagona ilmiy-metodik qaraşlarni şakllantirişga xizmat qildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech