IIV akademiyasining Xorijiy kadrlar bilan ishlash fakultetida ta’lim olayotgan kursantlar uchun poytaxtimizdagi Temuriylar tarixi davlat muzeyiga sayohat uyushtirildi.
Tadbir davomida yoshlarga Amir Temurning hayoti, sarkardalik faoliyati, yirik davlat arbobi va ilm-fan homiysi sifatida amalga oshirgan ishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Kursantlar temuriylar davriga oid tarixiy manbalar, turli eksponatlar, qadimiy san’at namunalari bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Sayohat yoshlarni xalqimizning boy tarixi, buyuk ajdodlarimizning bebaho ilmiy merosi bilan yaqindan tanishtirish, temuriylar davrining O‘rta asrlar Sharq Renessansi va jahon tamadduniga beqiyos ta’siri haqida ko‘proq bilimlarga ega bo‘lish imkonini berdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati