IIV akademiyasi turdosh oliy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida o‘tkazilgan stol tennisi musobaqasiga mezbonlik qildi.
Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash, ushbu sport turini yanada ommalashtirish maqsadida uyuushtirilgan musobaqada 8 ta oliygoh vakillari qatnashdi.
Yakunda yakkalik bahslarida Quruqlikdagi qo‘shinlar instituti kursanti Javohir Nuraliyev, IIV akademiyasi kursantlari Sanjarbek Esirgapov va Islomjon Hayitboyev faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.
Juftlik bahslarida esa IIV akademiyasi birinchi, Quruqlikdagi qo‘shinlar instituti ikkinchi, Jamoat xavfsizligi universiteti uchinchi bo‘ldi.
Tadbirdan so‘ng g‘olib va sovrindorlarga kubok, diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati