Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Tinglovchilar uchun amaliyot tashkil etilmoqda

27 Yanvar 2026, 17:44

37

Shu kunlarda IIV akademiyasi magistraturasi tinglovchilari o‘quv moduli yakuni bo‘yicha amaliyot o‘tashmoqda.

Amaliyot doirasida “tashkiliy-strategik boshqaruv” va “tashkiliy-taktik boshqaruv” mutaxassisligi tinglovchilari poytaxtimizdagi Inha universitetida bo‘ldi. Mazkur universitet IT texnologiyalari mutaxassislarini tayyorlashga ixtisoslashgan yetakchi oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, bu yerda o‘quv jarayonlari xalqaro standartlar asosida olib boriladi. Universitet qoshida zamonaviy imkoniyatlarga ega Kiberxavfsizlik laboratoriyasi tashkil qilingan

Tashinuv davomida tinglovchilarga universitetning keng qamrovli faoliyati, xususan, kiberxavfsizlikni ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Malakali mutaxasislar tomonidan “Raqamli texnologiyalar dasturiy ta’minotining imkoniyatlari” va “Kiberxavfsizlikni ta’minlashning dasturiy vositalari” mavzularida mahorat darslari o‘tkazildi.

Shu kuni tinglovchilar Raqamli texnologiyalar vazirligida ham bo‘lib, O‘zbekistondagi birinchi dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT park) faoliyati bilan ham tanishdilar. Soha vakillari bilan muloqot chog‘ida ichki ishlar organlari tizimini raqamlashtirish, jamoat xavfsizligi ta’minlashda qo‘llanilayotgan zamonaviy axborot tizimlari, bu boradagi asosiy vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech