Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Vakillarimiz yuqori natijalarni qayd etishdi

15 Iyun 2026, 21:11

78

Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida suzish bo‘yicha turdosh oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi.

Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyalari, Jamoat xavfsizligi universiteti, Bojxona, Quruqlikdagi qo‘shinlar, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutlari hamda mezbon jamoa vakillari ishtirok etgan musobaqada IIV akademiyasi kursantlari eng yuqori natijalarni qayd etishdi.

Jumladan, 100 metr masofaga erkin usulda suzish bo‘yicha yakkalik bahslarida O‘lmasbek Baxtiyorov 59 soniya bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 4x50 metrlik jamoaviy estafetada kursantlarimizga teng keladigan raqib topilmadi. Har ikkala yo‘nalishda Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi hamda Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti kursantlari marraga birin-ketin yetib kelib, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar medal, diplom hamda kubok bilan taqdirlandi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech