Poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi 79-son umumta’lim maktabida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda IIV akademiyasi vakillari tomonidan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan muomala qilishning ayanchli oqibatlari, yoshlarning bunday illatlar ta’siriga tushib qolish omillari, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishda oila, mahalla, ta’lim muassasalarining o‘rni haqida mulohazalar bildirildi.
Yoshlar qatlami orasida keng tarqalayotgan psixotrop moddalar, ayniqsa internet tarmog‘ida ommalashayotgan “onlayn savdo do‘kon”lar haqida ma’lumot berilib, narkojinoyatlar uchun belgilangan javobgarlik choralari tushuntirib o‘tildi.
Tadbir yakunida o‘quvchilarni vatanparvarlik va ogohlikka chorlash maqsadida “Hayot akademiyasi” filmining namoyish qilingani targ‘ibot ta’sirchanligini yanada oshirishga xizmat qildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati