Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Yangi O‘zbekiston yoshlari – mamlakatimiz tayanchi

19 Iyun 2026, 15:12

82

Yoshlar kuni munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshlig‘i ta’lim muassasasini tamomlayotgan kursantlar bilan uchrashdi.

Tadbir katta hayot ostonasida turgan bitiruvchilarni yangi marralar sari ruhlantirish, ular qalbida ertangi kunga ishonch va daxldorlik hissini mustahkamlash, bilim va iqtidori bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil qilindi.

Akademiya boshlig‘i bitiruvchilarni muborakbod etib, muhtaram Prezidentimiz rahbarligida olib borilayotgan izchil islohotlar zamirida yoshlarning buguni va kelajak taqdiri turganini alohida ta’kidladi.

Keyingi yillarda o‘quv dargohida keng qamrovli yangilanishlar amalga oshirilib, kursantlarning zamonaviy ta’lim olishi, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, tanlagan kasbining yuqori malakali mutaxassisi bo‘lib yetishishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgani, o‘z oldiga ulkan maqsadlar qo‘ygan yoshlar ilm-fan, IT texnologiyalar, sport va boshqa sohalarda munosib yutuqlarga erishib, Yangi O‘zbekistonning mustahkam tayanchiga aylanib borayotganini e’tirof etdi.

O‘quv dargohi rahbari bitiruvchilarni mamlakatimizda kechayotgan jarayonlarda yanada faol bo‘lishga, chinakam xalqparvar ichki ishlar xodimi sifatida ona Vatanimiz va xalqimizga cheksiz sadoqat bilan xizmat qilishga, burch va mas’uliyatni anglagan holda davlatimizning yuksak ishonchini munosib oqlashga da’vat etdi.

Shu kuni o‘qish davrida o‘zining intilishi, tanlagan kasbiga sadoqati, fidoyiligi va tashabbuskorligini namoyon etgan bir guruh kursantlar faxriy yorliq bilan rag‘batlantirildi. Bitiruvchilar so‘zga chiqib, bor bilim va salohiyatlarini mamlakatimiz raqnaqi yo‘lida safarbar etishga va’da berdilar.

Tadbir so‘nggida taniqli san’atkorlar va badiiy havaskorlik jamoalari ishtirokida galakonsert uyushtirilib, yoshlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech