Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Yosh xodimlar bilan ochiq muloqot

25 Iyun 2026, 22:17

180

Yoshlar kuni munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil qilindi.

Ochiq muloqotda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish, jamiyat hayotidagi ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish xususida so‘z bordi.

Akademiya boshlig‘i Rustam Xatamov bugungi islohotlar davrida yoshlarning mamlakatimiz taraqqiyotidagi o‘rni har qachongidan muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yoshlarga Yangi O‘zbekistonning tayanchi sifatida katta umid va ishonch bildirilayotgani ularni yurt taqdiriga yuksak daxldor bo‘lishga undashi lozimligini qayd etdi.

Uchrashuvda ta’lim muassasasida yoshlar bilan maqsadli ishlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar e’tirof etildi. Buning samarasida ilmiy salohiyatga ega yoshlar safi sezilarli darajada ko‘paygani, iqtidorli va tashabbuskor xodimlar turli yo‘nalishlarda munosib yutuqlarga sazovor bo‘layotgani aytildi.

“Zamon bilan hamnafas qadam tashlash, kreativ fikrlash, fidoyi va tashabbuskor bo‘lish – bugungi kunning o‘tkir talabi. Sizlar ichki ishlar organlarining yosh kadrlari sifatida tizim salohiyatini yuksaltirishga, akademiyamizda ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga hissa qo‘shishingiz kerak. Zero, davlatimiz rahbari aytganlaridek, yuksak malakali, zamonaviy fikrlaydigan, o‘z kasbiga, Vatanimiz va xalqimizga sodiq kadrlar islohotlar taqdirini belgilab beradi”, - dedi akademiya boshlig‘i.

Muloqot davomida yoshlarning fikr-mulohazalari, taklif va kelgusi rejalari tinglandi. Ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. O‘zini ijobiy tomondan namoyon etayotgan bir guruh xodimlar akademiya boshlig‘ining faxriy yorlig‘i bilan rag‘batlantirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech