Poytaxtimizdagi “Zakovat arena”da “Ajdodlar izidan” intellektual o‘yinining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Yoshlarni buyuk ajdodlarimizga munosib voris etib kamol toptirish, ularning intellektual salohiyati, ma’naviy dunyoqarashi va vatanparvarlik fazilatlarini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda Qurolli Kuchlar tizimidagi tuzilmalar hamda o‘quv muassasalari vakillaridan iborat 20 dan ortiq jamoa qatnashdi.
Jamoalar milliy va jahon adabiyotining sara namunalari, jumladan, Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” romani, Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” qissasi, Jyul Vernning “O‘n besh yoshli kapitan” romani, “Rustamxon” dostoni, shuningdek “Jadidlar”, “Uyg‘onish” kitoblar to‘plamlari bo‘yicha tuzilgan savollardan bahslashdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, IIV akademiyasi jamoasi 1-o‘rinni, Mudofaa vazirligining Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi jamoasi 2-o‘rinni, Bojxona instituti jamoasi 3-o‘rinni egallab, diplom, medal hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati