Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Yoshlar jinoyatchiligiga qarshi profilaktik tadbirlar

5 May 2026, 20:03

73

Qo‘qon shahrida voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Mazkur yo‘nalishda belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Ichki ishlar vazirligi akademiyasi va Kriminologiya tadqiqot instituti vakillari tomonidan o‘quv muassasalarida manzilli o‘rganishlar amalga oshirildi.

Mahalla faollari, umumta’lim maktablari mutasaddilari, o‘qituvchilar, psixologlar va ota-onalar bilan suhbatlar o‘tkazilib, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining asl omillari tahlil qilindi. “Xavf guruhi”dagi o‘quvchilar bilan profilaktik uchrashuvlar tashkil qilinib, ularning muammolari o‘rganildi.

Tadbirlar davomida o‘quvchilarga huquqiy tavsiya va maslahatlar berildi. Shuningdek umumta’lim maktablari direktorlari, ularning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, mahallalar raislari hamda inspektor-psixologlar bilan birgalikda hududlardagi kriminogen vaziyat muhokama qilinib, yoshlar bilan tizimli ishlash, ularning muammolarini hal qilish, ular o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech