Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Özbekiston – Xitoy: ta’lim sohasidagi aloqalar izçil rivojlanmoqda

29 Noyabr 2026, 00:31

82

17-28-noyabr kunlari IIV akademiyasida Xitoy jamoat xavfsizligi universiteti vakillari uçun öquv kursi taşkil qilindi.

Öquv kursi doirasida özaro hamkorlik va tajriba almaşinuvini kengaytirişga qaratilgan qator tadbirlar ötkazildi. Xususan, akademiya professor-öqituvçilari tomonidan “Mahallalarda xavfsiz muhit yaratiş va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş: Özbekiston tajribasi”, “Jamoat xavfsizligini ta’minlaşning ustuvor yönalişlari”, “Raqamli kriminalistikaning zamonaviy imkoniyatlari”, “Transmilliy jinoyatlarga qarşi kuraşişda xalqaro hamkorlik”, “Huquqni muhofaza kiluvçi organlar faoliyatida inson huquqlarini ta’minlaş” kabi mavzularda interfaol maşğulotlar ötkazildi.

Şuningdek universitet mutaxassislari va talabalari hududiy içki işlar organlariga taşrif buyurib, jamoat xavfsizligini ta’minlaş, jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, xavfsiz turizmni ta’minlaş, aholi bilan yaqin hamkorlikda işlaş böyiça amaliyotga tatbiq qilingan eng ilğor yondaşuvlarni örgandilar.

Poytaxtimiz va Samarqand şahrining diqqatga sazovor maskanlariga sayohat yurtimizning boy tarixi, xalqimizning milliy madaniyati, mamlakatimizda keçayotgan ulkan yangilanişlar haqida yanada kengroq taassurot oliş imkonini bergan bölsa, sport festivallari döstona aloqalarni mustahkamlaşga xizmat qildi.

Öquv kursi yakunlari munosabati bilan ötkazilgan tadbirda akademiya boşliği Rustam Xatamov söz olib, Özbekiston va Xitoyning turdoş ta’lim muassasalari örtasida yölga qöyilgan samarali hamkorlik asosida erişilayotgan natijalarni alohida e’tirof etdi.

Öz navbatida, Xitoy delegasiyasi rahbari Yang Guanşeng öquv kursi Özbekistonning huquqni muhofaza qiluvçi organlar uçun kadrlar tayyorlaş tizimidagi milliy yondaşuvlarni örganiş, ilğor tajribalarni almaşiş, universitet talabalarining bilim va duşyoqaraşini yuksaltirişda muhim ahamiyat kasb etganini mamnuniyat bilan ta’kidlab ötdi.

Uçraşuvda tomonlar hamkorlik aloqalarining izçil rivojlanişidan manfaatdor ekanliklarini yana bir bor qayd etdilar. Şundan söng universitet vakillariga öquv kursini muvaffaqiyatli tamomlaganliklari töğrisidagi sertifikatlar topşirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech