Içki işlar organlari xodimlarining jangovar va jismoniy tayyorgarligini oşiriş soha uçun professional kadrlar tayyorlaşning ustuvor yönalişlaridan biri sanaladi.
IIV akademiyasida ötkazilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi mazkur yönalişdagi çora-tadbirlar, mavjud muammolar va ularning yeçimlariga bağişlandi.
Unda Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, IIV Malaka oşiriş instituti, vazirlik tizimidagi akademik liseylari vakillari, soha mutaxassislari, professor-öqituvçilar va kursantlar iştirok etdi.
Muhokamalar davomida tizim öquv muassasalarida jismoniy tarbiya maşğulotlarini samarali taşkil etiş, bunda ta’lim oluvçilarning individual xususiyatlarini inobatga oliş, klaster tizimida yoşlarni bosqiçma-bosqiç kasbiy tayyorlaş, içki işlar organlari xodimlarining funksional holatini baholaşda zamonaviy laboratoriyalar imkoniyatlaridan foydalaniş, içki işlar organlari tizimda jangovar-jismoniy tayyorgarlik jarayonlariga zamonaviy yondaşuvlarni keng joriy etiş kabi masalalar yuzasidan fikr almaşildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati