IIV akademiyasining Jinoyat huquqi kafedrasi dotsenti, podpolkovnik Dilnoza To‘rayeva ilmiy ishini himoya qildi.
U yuridik fanlar doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini olish uchun “Jinoyat protsessida jabrlanuvchining manfaatlari muhofazasi: genezisi, zamonaviy holati va takomillashtirish yo‘llari” mavzuida tayyorlagan dissertatsiyasini Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashda muvaffaqiyatli yoqladi.
Hamkasbimizni ilmiy-pedagogik faoliyatidagi yutug‘i bilan tabriklaymiz!
IIV akademiyasi Axborot xizmati