2025-yilning 22-avgust kuni IIV Akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashda dissertatsiyalar himoyasi bo‘lib o‘tadi.
Shu kuni Akademiya mustaqil izlanuvchilari S.X. Avliyaqulov va A.S. Mirzayev yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Ichki ishlar organlarida intizomiy jazo choralarini qo‘llashning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish” hamda “O‘zboshimchalik jinoyatini tergov qilishni takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy ishini himoya qiladi.
Majlis axborot-resurs markazida soat 11:00da boshlanadi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati