2025-yilning 31-oktyabr kuni IIV akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashda dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tadi.
Shu kuni akademiya mustaqil izlanuvchisi I. Ahmedov yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Jinoyat ishida dalillarni soxtalashtirganlik uchun jinoiy javobgarlik” mavzuidagi ilmiy ishini himoya qiladi.
Majlis axborot-resurs markazida soat 14:30da boshlanadi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati