IIV akademiyasining Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti tayanch doktoranturaga quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha qabul e’lon qiladi:
“12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi”;
“12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi”;
“12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi”;
“12.00.14 – Huquqbuzarliklar profilaktikasi. Jamoat xavfsizligini ta’minlash. Probatsiya faoliyati”.
“12.00.16 – Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash”.
Talabgorlar quyidagilarga ega bo‘lishi kerak:
magistr darajasi yoki mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom;
xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi B2 darajadagi sertifikat;
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan muayyan ilmiy natijalar, shu jumladan, dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan jurnallarda kamida 1ta ilmiy maqola hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida 2ta tezis;
ichki ishlar organlarida kamida 3 yillik amaliy ish staji.
Talabgorlarning hujjatlari oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi – daraja.ilmiy.uz sayti orqali 15 sentyabrdan 15 oktyabrga qadar qabul qilinadi.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti