Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Fotogalereya

Malakali mutaxassislarni ishga taklif etamiz!

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi ta’lim sifatini takomillashtirish maqsadida mavjud bo‘sh professor, dotsent, katta o‘qituvchi va o‘qituvchi lavozimlari uchun tanlov e’lon qiladi.

Tanlovda quyidagilar ishtirok etishi mumkin:

huquqshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar;

ekspert-kriminalistika sohasi vakillari;

psixologiya yo‘nalishi mutaxassislari;

fuqarolik va yuridik oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichini tamomlagan, ilmiy daraja va unvonga ega bo‘lgan fuqarolar.

Taklif etilayotgan lavozimlarga tegishli sohada kamida 3 yillik amaliy xizmat yoki 5 yillik pedagogik stajga yoxud tegishli mutaxassislik bo‘yicha ilmiy darajaga ega mutaxassislar ishga olinadi. Talabgorlardan ma’lumot va hujjatlarni rasmiylashtirish, shuningdek lavozimga qo‘yiladigan malaka talablari bilan oldindan tanishib chiqish so‘raladi.

Murojaat va qo‘shimcha ma’lumot uchun telefonlar:

(71) 265-16-38, (98) 880-21-02, (90) 879-00-02

Manzil: Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani

Intizor ko‘chasi, 68-uy.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech