Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Barça islohotlar inson qadrini yuksaltiriş uçun

27 Oktyabr 2023, 21:28

1736

IIV Akademiyasida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami munosabati bilan tantanali tadbir bölib ötdi.

Özbekiston Respublikasi davlat madhiyasi ijrosi bilan boşlangan tadbir avvalida içki işlar organlarini xalqçil tuzilmaga aylantiriş maqsadida amalga oşirilayotgan izçil islohotlar e’tirof etib ötildi.

Darhaqiqat, keyingi yillarda muhtaram Prezidentimiz rahbarligida tizim faoliyati “inson qadri uçun” degan ezgu tamoyil asosida tubdan isloh qilindi. Jinoyatçilik jilovlaş, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş, ayniqsa mahallalarni jinoyatdan xoli hududga aylantiriş böyiça samarali yondaşuvlar amaliyotga joriy qilindi. Şu bilan birga, soha uçun professional kadrlar tayyorlaşning uzluksiz tizimi yaratildi.

Tadbirda tizimga qaratilayotgan e’tibor samarasida erişilayotgan ijobiy natijalar, Prezidentimizning soha xodimlariga yöllagan bayram tabrigida e’tirof etilgan ustuvor jihatlar, muhim yönaliş va vazifalar ta’kidlab ötildi.

– Içki işlar organlarida xizmat qiliş nafaqat yetuk bilim va salohiyat, balki vatanparvarlik, mardlik, fidoyilik singari fazilatlarni talab qiladi. Soha xodimlari öz hayotlarini garovga qöyib bölsa-da, el-yurt tinçligi yölida şarafli burçlarini ado etadilar. Ularning matonatli xizmati tufayli jamiyatimizda özaro hamjihatlik, xotirjamlik, obodlik hukm surmoqda, – dedi Akademiya boşliği.

Şu kuni ta’lim samaradorligini oşirişga munosib hissa qöşayotgan bir guruh xodimlarga Içki işlar vazirligining idoraviy mukofotlari tantanali ruhda topşirildi. Vatan, tinçlik, burç, matonat va farovon hayotimizni tarannum etuvçi kuy-qöşiqlar barçaga bayramona kayfiyat ulaşdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech