Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Hamkorlik memorandum bilan mustahkamlandi

24 Noyabr 2026, 16:08

38

Huquqni muhofaza qiluvçi organlar oliy ta’lim taşkilotlari konsorsiumiga a’zo öquv muassasalarining turdoş kafedralari örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum malakali psixolog mutaxassislarni tayyorlaş, ta’lim jarayonida özaro tajriba almaşinuvini kengaytiriş, ilğor yondaşuvlarni amaliyotga joriy etiş va kadrlar salohiyatini oşirişga qaratilgan.

Şu munosabat bilan ötkazilgan tadbirda konsorsiumga a’zo ta’lim muassasalari – Içki işlar vazirligi akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi, Bojxona instituti hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi vakillari iştirok etdi.

Tadbirda sözga çiqqanlar hamkor taşkilotlar örtasida konsorsiumning yölga qöyilgani ta’lim integrasiyasini kuçaytiriş, kadrlar tayyorlaş jarayonlarini zamonaviy tendensiyalarga mos ravişda takomillaştirib borişda muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladilar. Şu bilan birga, kafedralararo memorandum doirasida amalga oşirilişi rejalaştirilgan çora-tadbirlar yuzasidan fikr almaşdilar.

Yiğiliş davomida ilmiy-amaliy hamkorlik va tajriba almaşinuvini yanada kuçaytirişga qaratilgan takliflar bildirildi. Yangi taşabbus kadrlar tayyorlaş sifatini yangi bosqiçga olib çiqişda muhim qadam bölişi ta’kidlab ötildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech