IIV Akademiyasida Özbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bölib ötdi.
1992-yilning 10-dekabr sanasida "Özbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi töğrisida"gi Qonun qabul qilindi. Erk qöşiği taʼlim muassasamizda har tong jaranglab, har bir söz, har bir satrdagi vatanparvarlik, taşabbuskorlik, ijodkorlik ğoyalari xodimlar va kursantlarning dillariga ğurur va iftixor baxş etadi.
Uşbu sana munosabati bilan taşkil etilgan tadbirda Tarix fanlari doktori, professor Fayzulla Ernazarov, Özbekiston davlat filarmoniyasi yakkaxon xonandasi “Maʼnaviyat fidoyisi” kökrak nişoni sohibi Saidakbar Xolmatov hamda IIV akademiyasi Maʼmuriy-taşkiliy faoliyat fakulteti boşliği, falsafa fanlari doktori, professor, polkovnik Sirojjon Berdiqulovlar sözga çiqdi.
Maʼruzaçilar tomonidan madhiyamizda mardona va şaraflarga boy ötmişimiz, milliy anʼana va qadriyatlarimiz, tinçlik, osoyiştalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyğular tarannum etilgani, yoşlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, çuqur hurmatni şakllantirişda va albatta kelajak avlod vakillarini har tomonlama barkamol va yetuk insonlar bölib voyaga yetişida muhim tarbiyaviy vosita bölib xizmat qilişini taʼkidlandi.
Tadbir yakunida ijro etilgan kuy-qöşiqlar yiğilganlarga bayramona kayfiyat ulaşdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati