Yoşlar bilan manzilli işlaş, ularning öqişi va bandligini ta’minlaş, muammolarini örganiş, öz vaqtida hal etiş, ular tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning oldini oliş böyiça qanday işlar amalga oşirilmoqda?
IIV Akademiyasi magistraturasi tinglovçilari bilan uçraşuvda Yoşlar işlari agentligi direktori örinbosari Dilnozaxon Kattaxonova şular haqida töxtaldi.
Aytib ötilganidek, sönggi yillarda Prezidentimiz taşabbusi va rahbarligida yoşlar bilan işlaşning samarali mexanizmlari hayotga tatbiq qilindi. Bu boradagi tizimli işlar ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlaşga, sohadagi izçil islohotlar samaradorligini oşirişga xizmat qilmoqda.
Tadbirda yoşlar örtasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş masalasiga ham alohida ahamiyat qaratildi. Axborot xurujlari va zamonaviy tahdidlar avj olayotgan murakkab davrda ularni turli yot ğoyalar ta’siridan asraş, hayotda öz örnini topolmayotgan va jamiyatdan ajrab qolgan yoşlarni faol hayotga qaytariş, kömakka muhtoj qatlam vakillari bilan mahalla, oila hamda şaxs kesimida manzilli işlaş, ularni kasb-hunar va ta’lim bilan qamrab olişga qaratilgan profilaktik çora-tadbirlarning ta’sirçanligini oşiriş zarurligi ta’kidlandi. Ayni yönalişda agentlik va uning hududiy bölinmalari tomonidan amalga oşirilayotgan işlar, kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan mulohazalar bildirildi.
Uçraşuvda Akademiya vakillari ham söz olib, professor-öqituvçilardan iborat işçi guruhlar tomonidan kriminogen vaziyati murakkab hududlarda yoşlar örtasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning sabab va şaroitlari örganilib, ilmiy yondaşuvlarga asoslangan taklif hamda tavsiyalar işlab çiqilayotgani, mazkur yondaşuvlar asosida “mahalla beşligi” a’zolari bilan joylarda keng qamrovli profilaktik işlar olib borilayotganini qayd etişdi.
Oçiq muloqot yakunida yoşlar siyosatiga oid muhim takliflar ilgari surildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati