Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Aholi bilan doimiy muloqot – kriminogen vaziyatning muhim omili

17 Mart 2026, 22:04

24

Poytaxtimizda xavfsiz muhitni shakllantirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar jinoyatlarning barvaqt oldini olishga xizmat qilmoqda.

IIV akademiyasi boshlig‘i Rustam Xatamov manzilli o‘rganishlar davomida Chilonzor tumanida bo‘lib, “Charx Kamolon - 2” mahallasining kriminogen vaziyati bilan tanishdi.

Qariyb 5 ming aholisi bor mahallada o‘tgan yili 7 ta jinoyat sodir qilingan. Oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlardan asosan tan jarohati yetkazish va o‘g‘irlik qayd etilgan.

Bugungi kunda mahallaga “poytaxt tajribasi” asosida zarur kuch va vositalar jalb qilingan. Kriminogen omillarni ilmiy-amaliy yondashuvlar asosida o‘rganish va bartaraf etish maqsadida IIV akademiyasi vakillari faoliyat olib borishmoqda.

Mahalla hududida 1 ta “jinoyat o‘chog‘i”, 2 nafar “xavf guruhi”dagi shaxs aniqlangan. Ijtimoiy profilaktika doirasida 293 ta xonadon o‘rganilib, jinoyat sodir etishga moyil 4 nafar shaxs ro‘yxatga olingan. Xavfsizlik choralarini kuchaytirish maqsadida hududlarga qo‘shimcha kameralar o‘rnatilib, ichki ishlar organlariga integratsiya qilingan. Shu bilan birga, akademiya kursantlari patrullikka jalb etilgan.

Akademiya boshlig‘i “mahalla yettiligi” bilan muloqot chog‘ida mavjud muammolar va kelgusidagi vazifalarga e’tibor qaratdi. Mahallada ayollar va yoshlar salmog‘i yuqori ekanligini inobatga olib, maishiy-turmush doirasidagi huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, bandlik masalalarini hal qilish, huquqiy targ‘ibotlarda “mahalla targ‘ibotchilari” imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ijtimoiy profilaktika tadbirlari samaradorligini oshirish zarurligini qayd etdi.

O‘rganishlar yakunida ishchi guruh vakillari mahalla fuqarolar yig‘inida aholi uchun yaratilgan sharoitlar, ko‘p qavatli va yakka tartibdagi uylar atrofida jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tinishdi.

Akademiya boshlig‘i “mahalla yettiligi”, ayniqsa profilaktika inspektorining fuqarolar bilan doimiy muloqotda bo‘lishi huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda eng asosiy omil ekanligini ta’kidlab, mas’ullarga tavsiyalar berdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech