Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Aholi roziligiga erishish – ustuvor maqsad

26 Yanvar 2026, 21:22

89

Joriy yil 5-yanvarda Prezidentimizning mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror asosida IIV akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Buxoro viloyatidagi uch yildan buyon “qizil” toifada qolayotgan mahallalarda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Aytish joizki, qarorda ijtimoiy profilaktika samaradorligini oshirish, oila-turmush munosabatlari doirasida hamda ayollar va yoshlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, aholi bilan manzilli ishlashning samarali tizimini yo‘lga qo‘yish orqali mahallalarda jinoyatchilikni keskin kamaytirish ko‘zda tutilgan.

O‘rganishlar jarayonida mahallalar, tashkilot va muassasalarda uchrashuvlar tashkil qilinib, davlatimiz rahbari qarorining mazmun-mohiyati va uni amalga oshirish mexanizmlari atroflicha tushuntirilmoqda. Bundan tashqari, joylarga chiqqan holda mas’ul rahbarlar va “mahalla yettiligi” tizimi vakillari bilan birgalikda mahallalarning kriminogen vaziyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatayotgan omillar ilmiy-amaliy yondashuvlar asosida o‘rganilmoqda.

– Mazkur qaror mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi. Qaror bilan mahallalar kriminogen vaziyatiga qarab nomma-nom biriktirilib, mas’ullarning javobgarligi kuchaytirildi. Eng muhimi, mahallalardagi muammolarni bartaraf etish orqali aholining roziligiga erishish ustuvor maqsad etib belgilandi, deydi akademiya ishchi guruhi rahbari, podpolkovnik Sanjar Sharipov.

Hozirda qaror ijrosini ta’minlash maqsadida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘rganishlar natijasida har bir hududning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda mahallalarda jinoyatchilikni jilovlashga qaratilgan ijobiy tajribalar amaliyotga joriy qilinadi. Albatta, bu ham tizim samaradorligini oshirishga, xalqimizning xavfsiz va osoyishta muhitda yashashiga xizmat qiladi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech