Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Akademiya jamoasi ğolib böldi

18 Sentyabr 2024, 12:28

1605

Poytaxtimizdagi “Turkiston” san’at saroyida “Quvnoqlar va zukkolar” körik-tanlovining final bosqiçi bölib ötdi.

Unda tanlovning hududiy içki işlar organlari örtasida ötkazilgan mintaqaviy bosqiçlarida ğoliblikni qölga kiritgan 7 ta jamoa iştirok etdi. Jamoalar “Taniştiruv”, “Savol-javob” va “Erkin mavzu” şartlaridan özaro bellaşdilar. Qiziqarli sahna körinişlari, hazil-mutoyibalar, kreativ çiqişlar tomoşabinlarga katta zavq ulaşdi.

Körik-tanlov yakunida hakamlar hay’ati vakillari ğolib va sovrindorlarni e’lon qildi. Unga köra, IIV akademiyasining “Akademiya” jamoasi körik-tanlovning respublika bosqiçi ğolibi deb topildi. Jamoa a’zolariga içki işlar vaziri kubogi, diplom, pul mukofoti hamda qimmatbaho sovğalar tantanali ravişda topşirildi.

Şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi IIVning “Orol yulduzlari” jamoasi ikkinçi, Navoiy viloyati IIBning “Matonat” jamoasi uçinçi öringa loyiq körildi. Tanlovda bir guruh faol iştirokçilar ham munosib rağbatlantirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech