Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Akademik litseylar o‘qituvchilari malaka oshirdi

29 Mart 2024, 11:03

420

Ichki ishlar vazirligi akademiyasining Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida navbatdagi mashg‘ulotlar tashkil qilindi. 

Malaka oshirish kursiga vazirlik tasarrufidagi idoraviy akademik litseylardan 18 nafar o‘qituvchi jalb qilindi. Mashg‘ulotlar ta’limning innovasion yondashuvlari asosida to‘rtta o‘quv moduli bo‘yicha o‘tkazildi.

Tinglovchilar o‘quv jarayonini tashkil etishning normativ-huquqiy asoslari, ilg‘or pedagogik texnologiyalar, huquqshunoslik va kasbiy fanlarni o‘qitish metodikasi yuzasida mahorat oshirdilar. Mashg‘ulotlar Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining tajribali professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda olib borildi.

To‘rt kun davom etgan o‘quv kursi yakunida test sinovlari qabul qilinib, sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tganlarga sertifikat berildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech