Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Akademiya kursantlari “Zakovat”da bellaşdi

30 Avgust 2025, 16:51

1636

Akademiya kursantlari “Zakovat”da bellaşdi

IIV Öquv-dala markazida boşlanğiç harbiy tayyorgarlik bosqiçini ötayotgan akademiyaning 1-kurs kursantlari örtasida “Zakovat” intellektual öyini bölib ötdi.

Tadbirda 40 ta jamoadan iborat yoşlar öz bilim va dunyoqaraşini namoyon etiş bilan birga, jamoaviy hamkorlik va tezkor qaror qabul qiliş mahoratini ham sinovdan ötkazişdi.

Qizğin va döstona ruhda keçgan intellektual öyin ikki bosqiçda taşkil etildi. Har bir bosqiçda 12 tadan, jami 24 ta savol örtaga taşlandi. Yakuniy natijalarga köra, “Bilimdon” jamoasi mutlaq ğolib deb topildi. Ikkinçi örin esa qizlar otryadidan “Everest” jamoasiga nasib etdi.

Taşkilotçilar ta’kidlaganidek, bunday tadbirlar kursantlarda faqat nazariy bilimlarni emas, balki mustaqil fikrlaş, hamjihatlik va mas’uliyat tuyğusini ham mustahkamlaydi. “Zakovat” öyini esa ularning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech