Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Akademiya yangiliklari qisqa satrlarda

04 Aprel 2024, 10:04

400

Samarqand va Jizzax viloyatlarida ekspert-kriminalistlar uchun sayyor mashg‘ulotlar tashkil qilindi.

Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilgan mashg‘ulotlar davomida soha xodimlari sud ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazish va xulosani rasmiylashtirish yuzasidan bilim hamda ko‘nikmalarini oshirdilar.

* * *

Saf qismi otryadlari o‘rtasida “Eng yaxshi saf qo‘shig‘i” tanlovi o‘tkazildi.

Kursantlarning harbiy-vatanparvarlik va jangovar ruhini oshirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda 17 ta otryad bellashdi. Hakamlar har bir chiqishni sinchkovlik bilan baholab, qo‘shiq matni, uning jarangdorligi va ijro mahoratiga alohida e’tibor qaratishdi. Yakunda 1-o‘quv kursining 7-otryadi va qizlar otryadi kuylagan qo‘shiq eng yaxshi deb topildi.

* * *

Akademiya professor-o‘qituvchilari va tinglovchi-kursantlari uchun kitob yarmarkasi uyushtirildi.

Shaxsiy tarkib o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ta’lim oluvchilarga qulay sharoit yaratish tadbirning bosh maqsadi bo‘ldi. Yarmarka ishtirokchilari arzonlashtirilgan narxda sotuvga qo‘yilgan turli-tuman kitoblardan xarid qildilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech