Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Akademiya yangiliklari qisqa satrlarda

30 Mart 2024, 08:03

865

Sirtqi ta’lim fakulteti tinglovchilari uchun “Yuksak intizom va kasbiy madaniyat – korrupsiyaga g‘ov” mavzuida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasining ta’lim muassasalari bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i O‘tkirbek Qosimov korrupsiya va uning salbiy oqibatlari, tizim xodimlari o‘rtasida ushbu illatga qarshi murosasiz kurashish borasida olib borilayotgan keng qamrovli tadbirlar haqida atroflicha so‘z yuritdi. Soha xodimlari yuksak madaniyati, kasbiy fazilatlari bilan jamiyatda o‘rnak bo‘lishi, korrupsiyaviy holatlarga qarshi murosasiz kurashishi zarurligi ta’kidlandi.

* * *

26–29-mart kunlari Jizzax viloyatida sportning yengil atletika turidan musobaqa uyushtirildi. Ichki ishlar vaziri kubogi uchun o‘tkazilgan bahslarda respublikamizning barcha hududlaridan 19 ta jamoa qatnashdi.

Musobaqa davomida IIV akademiyasi kursantlari ham faollik ko‘rsatdi. Vakillarimiz shved estafetasida birinchi, estafetali yugurishda esa ikkinchi natijani qayd etib, umumjamoa hisobida faxrli 2-o‘ringa sazovor bo‘lishdi.

* * *

Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Diniy ekstremizm va terrorizm – taraqqiyot kushandasi” mavzuiga bag‘ishlangan huquqiy targ‘ibot tashkil qilindi.

Uchrashuvda akademiyaning Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Ilhom Haydarov ma’ruza qildi. Tajribali mutaxassis terrorizm va diniy ekstremizm tahdidlari, yoshlarning turli diniy oqimlar ta’siriga tushib qolish omillari, terror tashkilot va guruhlar tomonidan amalga oshirilayotgan axboriy xurujlar, ularga qarshi kurashish masalalari haqida tushuncha berib, talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech