Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Akademiya yangiliklari qisqa satrlarda

15 Aprel 2024, 10:04

400

Ta’lim muassasasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida kibersport bo‘yicha musobaqa uyushtirildi.

Tadbir Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy kengashi, Kibersport assotsiatsiyasi hamkorligida kursant yoshlar o‘rtasida intellektual o‘yinlarni ommalashtirish, axborot texnologiyalari bo‘yicha iqtidorlarni aniqlash maqsadida tashkil qilindi. Jami 14 ta jamoa ishtirok etgan musobaqa yakunida “Cyber” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

* * *

Akademiyada ta’lim olayotgan kursant qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Huquqiy Quiz” o‘yini intellektual salohiyatni charxlashga xizmat qildi.

Olti shartdan iborat o‘yinda mantiqiy fikrlashga undaydigan 42 ta savol o‘ynaldi. Yakunda 2-o‘quv kursining “Triumf” jamoasi birinchi, 1-o‘quv kursining “Progress” jamoasi ikkinchi hamda 2-o‘quv kursining “Elita” jamoasi uchinchi o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi.

* * *

Ichki ishlar organlarining ma’muriy faoliyati kafedrasi tomonidan “Transport va turizmda xavfsizlikni ta’minlash: xorijiy va milliy tajriba” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBBdan Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmalari vakillari, kursantlar hamda professor-o‘qituvchilari qatnashdi.

Muloqotda xavfsiz turizm yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, xorijiy davlatlar tajribasi asosida milliy amaliyotga joriy qilinayotgan yondashuvlar, mamlakatimiz turizm salohiyatini oshirishda jamoat xavfsizligi ta’minlash va jinoyatlarning barvaqt oldini olishning ahamiyati, tizimni takomillashtirish omillari xususida fikr almashildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech