Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Akademiya yangiliklari qisqa satrlarda

19 Fevral 2024, 08:02

474

Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Ahillik” mahalla fuqarolar yig‘inida uchrashuv tashkil qilindi.

Akademiya professor-o‘qituvchilari va faollar muloqotida “mahalla yettiligi” tizimini samarali tashkil etish, bu borada kelgusidagi vazifalar, hududlarda jinoyatchilik jilovlash yuzasidan fikr almashildi.

* * *

Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internatida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Akademiya professor-o‘qituvchilari va iqtidorli kursantlari tomonidan tashkil qilingan tadbirda giyohvandlik illati haqida so‘z yuritildi. O‘quvchi yoshlarga zararli odatlarning inson salomatligiga ta’siri va ayanchli oqibatlari atroflicha tushuntirildi.

* * *

Magistratura tinglovchilari O‘zbek milliy akademik drama teatri ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan “Iymon” spektaklini tomosha qildilar.

Turli insonlar taqdiri, halollik va egrilik o‘rtasidagi kechadigan kurash haqida hikoya qiluvchi sahna asari tomoshabinlarga katta ma’naviy ozuqa berdi.

* * *

Ichki ishlar vazirligining idoraviy akademik litseylari o‘quvchilari akademiya tarixi muzeyida bo‘lishdi.

Sayohat davomida o‘quvchilarga o‘quv dargohining tarixi va buguni, “Vatanparvarlik”, “Korrupsiyaga qarshi kurashish” burchaklari hamda Cho‘lpon muzeyi haqida ma’lumot berildi.  Yoshlar turli eksponatlarga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech