Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Akademiyada o‘qish istagidagi yoshlar ko‘paydi

16 Yanvar 2026, 21:43

91

Yoshlarni o‘qish va kasb egallashga qiziqtirishda “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari muhim ahamiyat kasb etadi.

IIV akademiyasida o‘tkazilgan galdagi tadbir o‘quvchilarning nafaqat vatanparvarlik ruhini, balki ichki ishlar organlari sohasiga bo‘lgan intilishini ham kuchaytirishga xizmat qildi.

Poytaximizdagi “Euroasia school” xususiy maktabi vakillari maskan faoliyati bilan yaqindan tanishish jarayonida o‘zlari uchun kerakli ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Ularga o‘qishga kirish imtihonlari, mutaxassislik yo‘nalishlari, ta’lim jarayonlari, kursantlar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning yutuqlari haqida so‘zlab berildi.

O‘quvchilar saf maydoni, akademiya tarixi muzeyi, axborot-resurt markazi, sport majmuasi va boshqa maskanlarda bo‘lib, harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini kuzatdilar.

Ma’naviyat va ma’rifat markazida namoyish qilingan “Hayot akademiyasi” filmi yoshlarni zararli odat va illatlardan ogoh bo‘lishga, tinch-osuda hayotimizning qadriga yetishga, kelajakda to‘g‘ri yo‘l tanlab, ona Vatanimizga daxlorlik hissi bilan yashashga da’vat qildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech