Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Аnʼanalar bardavom...

26 Sentyabr 2021, 04:09

704

 

 

Ichki ishlar organlarida soha fidoyilarining mashaqqatli mehnati hamisha yuksak qadrlanadi. Ularning ko‘p yillik tajribasi, serqirra faoliyati kelgusi avlodlar – yoshlar uchun ibrat bo‘lib kelmoqda.

 

Аkademiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida tizim faxriylarining kursantlar bilan uchrashuvi taassurotlarga boy o‘tdi. Uztoz-murabbiylik mashaqqati, shogirdlar ado etishi lozim bo‘lgan burch va vazifalar, ichki ishlar organlari tizimida “ustoz-shogird” anʼanalarining ahamiyati tadbirning asosiy mavzusi bo‘ldi.

Tadbirda isteʼfodagi podpolkovnik Roʼzmat Mahmudov, polkovnik Isomiddin Ismoilov, podpolkovnik Joʼrabek Muxtorovlar so‘z olib, o‘zlarining ko‘p yillik faoliyatlari mobaynida erishgan yutuqlari, yurt tinchligi va osoyishtaligi yoʼlida xizmat qilishning nechogʼli sharafli vazifa ekanligini hayotiy misollar yordamida gapirib berdilar. Yoshlarni kasbga sadoqatli bo‘lishga, Vatanparvar, mard va jasur bo‘lishga daʼvat etdilar.

– Аlloma bobomiz Аvloniy aytadilar: “Har bir millatning saodati, davlatning tinchi va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog‘liqdir”. Chindan ham, mamlakat istiqboli navqiron avlodning ilm-u maʼrifatiga bogʼliq. Biz soha faxriylari ezgu fazilatlarimiz, bilim-tajribamiz bilan yoshlar taʼlim-tarbiyasiga munosib hissa qo‘shsak, o‘ylaymanki, jamiyat oldidagi maʼnaviy burchimizni ado etgan bo‘lamiz, – deydi Ro‘zmat Mahmudov.

 Tadbir qiziqarli savol-javoblar bilan davom etdi.

 

IIV Аkademiyasining Аxborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech