Içki işlar vazirligi akademiyasida Xitoy jamoat xavfsizligi professor-öqituvçilari va kursantlari uçun taşkil etilgan öquv kursi yakunlandi.
Öquv kursi davomida professor-öqituvçilarimiz tomonidan yurtimizning boy tarixi va madaniyati, Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng qamrovli islohotlar, strategik taraqqiyot yölimizning asosiy yönalişlari, global makonda Özbekiston – Xitoy munosabatlarining ustuvor jihatlari, şuningdek bugungi murakkab şaroitda yuzaga kelayotgan tahdid va xatarlar, jinoyatçilikka qarşi kuraşişning zamonaviy tendensiyalariga bağişlangan maşğulotlar taşkil qilindi.
Bundan taşqari, universitet vakillari içki işlar organlari faoliyati bilan yaqindan tanişib, jamoat xavfsizligini ta’minlaş, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş, kriminogen vaziyatni barqarorlaştiriş, xavfsiz turizmni yölga qöyişda qöllanilayotgan ilğor yondaşuvlarni örgandilar. Madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari, poytaxtimiz hamda Samarqand şahrining diqqatga sazovor joylariga sayohat xalqlarimiz örtasidagi muştarak aloqalarni yanada mustahkamlaşga xizmat qildi.
Öquv kursi yakunlari munosabati bilan ötkazilgan tadbirda akademiya boşliği Rustam Xatamov söz olib, hamkorlik memorandumi asosida taşkil etilayotgan qöşma ta’lim dasturlari öqitişning innovatsion yondaşuvlarini örganiş, tajriba almaşinuvini kengaytiriş, ikki tomonlama aloqalarni sifat jihatdan boyitişda muhim ahamiyat kasb etayotganini alohida ta’kidladi.
Öz navbatida, Xitoy delegatsiyasi rahbari Liu Yezi ikki xalq örtasidagi munosabatlar özaro hurmat va işonç tamoyillariga tayangan holda barqaror rivojlanib borayotganini e’tirof etdi. Manfaatli aloqalarning yangi bosqiçga kötarilişi va istiqbolli yönalişlarda yanada ravnaq topişidan mamnunligini aytib ötdi.
Tadbir söngida mehmonlarga öquv kursini muvaffaqiyatli tamomlaganliklari töğrisidagi sertifikatlar tantanali ravishda topşirildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati