Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Avlodlar qalbida uyg‘oq shoir

20 Aprel 2024, 08:04

383

Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida “Adabiy-ma’rifiy haftaliklar” doirasida tadbir uyushtirildi.

Ma’rifatparvar shoir Abdulhamid Cho‘lpon haykali poyida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari hamda Ichki ishlar vazirligi akademiyasida ta’lim olayotgan kursantlar yig‘ildi.

Yoshlar Cho‘lpon hayoti va ijodiga yuzlanib, uning millat ravnaqi, Vatan taraqqiyoti yo‘lidagi ezgu ishlari, she’riyatining o‘ziga xos jihatlari, kelgusi avlodlar uchun qoldirgan adabiy merosini ta’kidlab o‘tdilar. Iqtidorli kursantlar ijro etgan “Kunduzsiz kechalar” spektaklidan parcha esa adabiyot ixlosmandlari qalbida iliqlik uyg‘otdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech