IIV Akademiyasida ikki karra Jahon çempioni, Tokio olimpiadasi va Osiyo öyinlari ğolibi, qit’amizning tengsiz boksçisi Bahodir Jalolov bilan uçraşuv bölib ötdi.
Kursant yoşlar, professor-öqituvçilar, boks murabbiylari va işqibozlari iştirok etgan tadbirda dunyoni lol qoldirayotgan özbek bahodiri öz hayoti, yutuqlari, orzu-havaslari, Osiyo öyinlaridagi zafarli odimlari bilan örtoqlaşdi.
– Bolaligimda futbolçi bölişni orzu qilardim. Sportning boks turini tanlaşimda otam sababçi bölganlar. Ilk yutuğimni qölga kiritganimda ularning töğri yöl körsatganlariga amin bölganman. Buning uçun otamdan minnatdorman. Ulkan maqsadlarni közlaganman va ularga birma-bir erişayapman. Muvaffaqiyatlarim zamirida davlatimiz tomonidan boksni rivojlantirişga qaratilayotgan ulkan e’tibor, şaxsan Prezidentimizning ğamxörligini doim his qilib turaman, – dedi Bahodir.
Mahoratli sportçi boks sir-asrorlari, mahoratni oşirib boriş yöllari, ustoz va murabbiylaridan olgan saboqlari, ayniqsa yurt şa’nini himoya qiliş mas’uliyati, jahon arenalarida ringga kötarilganda qalbidan ötadigan keçinmalari haqida sözlab berdi.
– Har bir sportçi uçun öz Vatani şa’nidan uluğ narsa bölmaydi, – dedi u. – Musobaqalarda ğalaba qozonib, bayroğimiz kötarilganda qalbim çeksiz ğurur va iftixorga töladi. Töğri, faoliyatimda mağlubiyatga uçragan paytlarim ham bölgan. Lekin bu heç qaçon meni töxtata olmagan. Çunki ortimda xalqimiz, onam va yaqinlarim qöllab turganini bilaman. Uç yil oldin Akademiyaga kelganimda Tokio oltin medalini qölga kiritişni va’da qilgandim va bunga erişdim. Endigi maqsadim professional boksda jahon çempioni böliş va Parij olimpiadasida ğolib böliş.
Uçraşuv qiziqarli savol-javoblar bilan davom etdi. Eng faol kursantlar çempion dastxati tuşirilgan sport anjomlariga sazovor böldi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati