IIV Akademiyasida Oliy Majlis Senati bilan hamkorlikda “Davlat – inson uçun” mavzuida davra suhbati ötkazildi.
Professor-öqituvçilar va kursantlar iştirok etgan tadbirda Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi örinbosari Tolibjon Madumarov mamlakatimizda amalga oşirilayotgan izçil islohotlarga töxtaldi.
Qayd etilganidek, yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning boş mezoni inson huquq va manfaatlari ustunligini ta’minlaşdir. Bu borada “Özbekiston – 2030” taraqqiyot strategiyasining qabul qilingani alohida e’tiborga molik. Strategiyada yalpi içki mahsulot hajmini oşiriş, kambağallikni qisqartiriş, kelajak avlodga sifatli ta’lim beriş, eng muhimi, 2030-yilga qadar daromadi örtaçadan yuqori bölgan davlatlar qatoridan örin oliş asosiy maqsad qilib olingan. Mazkur ustuvor vazifalarning amaliy natijasi xalqimiz farovonligini yanada yuksaltiradi.
Davra suhbatida davlat va jamiyat hayotining barça jabhalarida amalga oşirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyati va pirovard maqsadi atrofliça yoritildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati