Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Bilim bilan maqsadga yeting!

22 Aprel 2025, 09:04

206

Ichki ishlar vazirligining Sirdaryo viloyatidagi akademik litseyida ogohlikka chaqiruvchi tadbir bo‘lib o‘tdi.

Oliy ta’lim muassasalari uchun kirish imtihonlari oldidan tashkil qilingan uchrashuvda bitiruvchi o‘quvchilar, ularning ustozlari va ona-onalari qatnashdi.

Tadbirda Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasining ta’lim muassasalari bo‘yicha bo‘limi vakillari so‘z olib, oliygohlarda o‘qish istagida bo‘lgan yoshlarga tavsiyalar berdi.

Imtihonlar pallasida o‘qishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari ko‘payishi, bunday qing‘ir yo‘llardan yoshlar, ayniqsa ota-onalar ogoh bo‘lishi, qonunga xilof har bir xatti-harakat javobgarlikka sabab bo‘lishi aytildi. Tuzilma xodimlari tomonidan korrupsiyaviy omil va illatlarga qarshi murosasiz kurashib kelinayotgani, tezkor tadbirlar natijasida noqonuniy ishlarga chek qo‘yilayotgani ta’kidlandi.

Uchrashuvda o‘qituvchilar va ota-onalar ham so‘zga chiqib, bilim orqali maqsadga erishish eng to‘g‘ri yo‘l ekanligini qayd qildilar. Shundan so‘ng yig‘ilganlarga korrupsiyadan ogohlikka chaqiruvchi targ‘ibot materiallari tarqatildi.

Aytish joizki, xuddi shunday tadbirlar poytaxtimiz va Toshkent viloiyatidagi akademik litseylarda ham o‘tkazildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech