Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Bilim va ko‘nikmalar mustahkamlandi

26 Sentyabr 2021, 05:09

690

IIV Аkademiyasining “yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash faoliyati” mutaxassisligidan taʼlim olayotgan kursantlar Toshkent davlat transport universitetida tashkil etilgan maʼruza darsida qatnashishdi.

 

Mashg‘ulotni universitetning Аvtomobil va avtomobil xo‘jaligi muhandisligi fakulteti o‘qituvchilari olib bordi. Ta’limda o‘qitishning ilg‘or metodlarini qo‘llash maqsadida o‘tkazilgan mashg‘ulot kursantlarning “Аvtotransport vositalarining texnik ekspluatatsiyasi va nazorati” fani bo‘yicha bilimlarini yanada mustahkamladi.

Shuningdek, Toshkent shahar IIBB YHXBda o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulotda boshqarma katta inspektori, podpolkovnik Jamshed Sobirov maʼmuriy amaliyot bo‘limi xodimining vazifalarini bo‘lajak mutaxassislarga batafsil tushuntirib berdi. Mashg‘ulot davomida kursantlar kelgusidagi faoliyatlari uchun zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

 

IIV Аkademiyasining Аxborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech